Qanday ma‘lumot yig‘amiz
Ismingiz, telefon raqamingiz, Telegram akkauntingiz raqami, zalga kelgan kunlaringiz va to‘lovlaringiz. Faqat siz rozi bo‘lsangiz yig‘amiz.
Nima uchun ishlatiladi
Ro‘yxatdan o‘tkazish, abonementni yuritish, kirish QR kodi va eslatmalar uchun. Ma’lumotlaringizni siz a’zo bo‘lgan zal va xizmatni ko‘rsatuvchi Kelaver ko‘radi. Boshqalarga sotilmaydi, reklama uchun berilmaydi.
Qayerda saqlanadi
Ma‘lumotlar Yevropa Ittifoqidagi (Frankfurt, Germaniya) bulutli serverda saqlanadi.
Qancha vaqt saqlanadi
A’zoligingiz davomida saqlanadi. O‘chirishni so‘rasangiz, 30 kun ichida o‘chiramiz. Shifrlangan zaxira nusxalari 30 kundan keyin o‘zi o‘chadi.
Ma‘lumotlaringizni olish va o‘chirish
📞 Botdagi «Yordam» tugmasi orqali ma‘lumotlaringizni nusxa olish (eksport) yoki butunlay o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.
Savol yoki shikoyat
Telegram orqali yozing: @OneMile